Aylanma mablag‘lar kamayib, yetkazib beruvchilar to‘lovni kutayotgan, avvalgi kreditlar esa foydaga ta’sir qilayotgan vaziyatlarda InfinBANK Infin Yuksalish kredit mahsulotini taklif etadi. Undan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, jumladan, biznes yuritishda raqamli platformalardan foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin.

Kompaniyalar 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ olishi mumkin. Pullarni aylanma mablag‘larni to‘ldirish, xomashyo va tovarlar xarid qilish, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish hamda biznesning boshqa joriy ehtiyojlariga yo‘naltirsa bo‘ladi. Foiz stavkasi yillik 18,99% ni tashkil etadi, kredit muddati esa yetti yilgacha yetadi. Bunday uzoq muddat to‘lov jadvalining doimiy bosimisiz rivojlanishni rejalashtirish imkonini beradi.

Bank amaldagi kreditlari bor mijozlarga alohida e’tibor qaratadi. Agar boshqa banklardan olingan qarzlar qimmatga tushayotgan va shartlari noqulay bo‘lsa, ularni InfinBANK’ka o‘tkazish mumkin. Bunda kredit yuki kamayadi, tejalgan mablag‘larni esa yangi maqsadlarga yo‘naltirish imkoni tug‘iladi: daromad qimmat qarzlarni qoplashga ketmay, biznes rivoji uchun xizmat qiladi.

Infin Yuksalish yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan. Kreditni InfinBANK’ning barcha korporativ bo‘linmalarida rasmiylashtirish mumkin.

Tafsilotlarni bank saytida yoki telefon orqali bilib olish mumkin: (+998) 71−202−50−80.

Telegram: t.me/infinbank_news

Reklama huquqlari asosida.