Prezidentning “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-5011-son, 02.03.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” rasmiy kanali xabar beradi.
Qarorga muvofiq, 2021−2022 yillar uchun elektrotexnika tarmog‘i samaradorligining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Jumladan, tarmoqdagi ish o‘rinlari sonini 2021 yilda 27 mingtaga, 2022 yilda 34 mingtaga yetkazish nazarda tutilgan.
Qaror bilan 2021−2022 yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga ko‘ra, sohada jami 136 ta loyihaning amalga oshirilishi, bu orqali esa 9 657 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
2021-yil 1-martdan elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga MB asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi oshirilgan foizi MB tomonidan uch yilgacha kompensatsiya qilinadi. (5% dan oshmasligi kerak)
2024-yil 1-yanvargacha elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni barcha mamlakatlarga eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizini, biroq mahsulotlar eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 15 foizidan, temir yo‘l transportida 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplashga subsidiyalar taqdim etiladi.
2021-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvargacha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam bo‘lmagan elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.
Qaroкga ko‘ra, Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasiga 2021-yilning birinchi, ikkinchi va uchinchi choraklarida teng ulushlarda 75 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
2022 yil martdan har yili Elektrotexnika va elektronika xalqaro savdo ko‘rgazmasi (“Uzbek International Electrotechnics & Electronics Fair”) tashkil qilinadi.
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo’yicha qaror imzoladi
Unga ko’ra sohada 136 ta loyiha amalga oshiriladi.
Foto: iStock
«Spot»
- 892
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:00 Biznes
Biznesga nom tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish qanday amalga oshiriladi?
Bu oddiy jarayon bo‘lib ko‘rinsa-da, qonunchilik talablari va bir necha bosqichli tekshiruvlarni talab qiladi. Huquqshunos Iroda Yakubova Spot’ga brend va firma nomini mustaqil tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi hamda bepul ochiq bazalardan qanday foydalanish haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 18:57 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda Yashil AI modulini ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Sun‘iy intellekt tuproq, iqlim va suv ta‘minotini tahlil qilib, ko‘chat ekish joylari hamda daraxt turlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Kecha, 18:48 Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi har bir mahalla uchun “yashil xarita” ishlab chiqiladi
Unda ekiladigan ko‘chat turlari, joylari va sug‘orish tizimi aks ettirilib, ma‘lumotlar aholiga e‘lon qilinadi.
Kecha, 18:08 Transport
O‘zbekistonda yagona raqamli transport tizimini yaratish taklif qilindi
Tizim tashuvchilar reyestri, elektron yo‘l varaqasi va buyurtmalarni qabul qiluvchi agregator xizmatini qamrab olishi rejalashtirilmoqda.
Kecha, 17:42 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 29,77 so‘mga pasayib, 11 809,82 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 17:35 Moliya
O‘zbekistonda $90 mlnlik valyuta obligatsiyalari chiqarilishi ro‘yxatdan o‘tkazildi — ILMA
Vyacheslav Pak joriy yil oxiriga qadar “Kapital bozori to‘g‘risida"gi yangi qonun qabul qilinishiga umid bildirdi.
Kecha, 17:22 Transport
O‘zbekistonda beshta temir yo‘l yo‘nalishini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda
Modernizatsiya ishlariga $200 mln yo‘naltirish va uchastkalarning o‘tkazuvchanligini 25−30% ga oshirish taklif qilindi.
Kecha, 16:25 Qonunchilik
Toshkent aeroportida 1,3 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga urinish aniqlandi
Dubaydan kelgan fuqaroning yuklari orasidan 141 dona zargarlik buyumi va 3 ta oltin quyma topilgan.