Markaziy bank tomonidan buyuk shoir va mutaffakir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan oltindan tayyorlangan esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlari sotuvga chiqarildi.

Tangalar narxi og’irlikka qarab o’zgarib boradi. Masalan nominal qiymati 50 ming so’mlik tanganing og’irligi 20 gr bo’lib 13,4 mln so’mga sotish ko’zda tutilgan. 100 ming so’mlik tanga esa 20,4 mln so’m deb belgilangan.

Shuningdek esdalik tangalari har birining og’irligi 31,1 grdan sotuvga chiqarildi. Unga belgilangan baho 102,4 mlnni tashkil etadi.



Oltin esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini tijorat banklarining filiallarida sotib olish mumkin.

Esdalik tangalari va suvenirlarning sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.