Janubiy Koreyaning Life is Good “LG” kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarish bozoridan chiqishi haqida xabar bergan.

Kompaniya bozorga 2013-yilda kirib keldi va dunyoda Samsung Electronics va Appledan keyingi uchinchi yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi aylandi, ammo biznes so’nggi olti yil davomida zarar bilan ishlagan.

Joriy yilning yanvarida kompaniya oxirgi 6 yil davomida $4,5 mlrd zarar ko’rgan biznesni rivojlantirishning yangi yo’llarini izlayotgani haqida xabar bergan edi.

Biznesni sotish bo’yicha Vetnamning Vinggroup kompaniyasi bilan muzokaralar oxiriga yetmasdan to’xtagan. Bunga sabab, kelishuv shartlari bo’yicha fikrlar qarama-qarshiligi yuzaga kelganligi deya ko’rsatilmoqda.

“LG"ning bozor ulushi Shimoliy Amerikada uchinchi, Lotin Amerikasida beshinchi o’rinni egallab turibdi, global ulushi atigi 2 foizni tashkil etadi. Counterpoint tadqiqot provayderi ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili kompaniya 23 mln mobil telefon yetkazib bergan.