Avvalroq Spot, Toshkentda yirik sanoat haftaligi bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edi. Haftalik davomida Rossiyaning “Совкомбанк"i bir nechta sohalarda yirik shartnomalar imzolandi.
Mashinasozlik
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Sovkombank” IChAJ (Rossiya Federatsiyasi) hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Shartnoma predmeti — “UzAuto” korxonalariga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etish, shu jumladan, kredit berish, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirish, hujjatli vositalarni taqdim etish va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni tashkil etish sohasida kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Shartnomani imzolash marosimida “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va “Sovkombank” IChAJ Boshqaruv raisi Dmitriy Gusev ishtirok etdilar.
Tomonlar shuningdek, aylanma kapitalni moliyalashtirish, “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarni texnik qayta jihozlash va kompaniyaning investisiya loyihalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va biznez hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Bank-moliya sohasi
“Совкомбанк Xalq Banki o’rtasida kredit olish bo’yicha kelishuv imzolandi. Unga ko’ra, Совкомбанк Xalq bank uchun 4 yil muddat bilan 418,9 mlrd so’m miqdorida kredit ajratadi.
Hujjatni Совкомбанк boshqaruvi raisi Dmitriy Gusev va O’zbekiston Respublikasi Xalq banki boshqaruv raisi Farhod Salomov imzoladilar.
“Совкомбанк allaqachon O’zbekiston banklari va kompaniyalariga 2020-yilda $500 mln miqdorida kredit ajratdi. Biz yil oxiriga qadar o’zbekistonlik kompaniyalarga beriladigan kreditlar hajmini $1 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz.O'zbek kompaniyalarining kapital bozorlariga kirishini yaxshilash uchun biz ularning davlat qarzlarini Rossiyaga joylashtirish masalasini ko’rib chiqishni taklif qilamiz”, — dedi Dmitriy Gusev.
Imzolash marosimi 6-aprel kuni “INNOPROM” yirik sanoat haftaligi doirasida bo’lib o’tdi.
Ma’lumot uchun: “Совкомбанк “IChAJ korporativ va xususiy mijozlarga, moliya institutlari va institusional investorlarga keng ko‘lamli bank, moliya va investisiya mahsulotlari hamda xizmatlarini taqdim etuvchi Rossiya Federatsiyasining eng yirik xususiy moliya institularidan biri hisoblanadi. Bank ichki moliya bozorida kuchli mavqega ega bo‘lib, korporativ moliyalashtirish, jamoat qarz vositalarini chiqarish va aktivlarni boshqarishni tashkil etishda yetakchilardan biri hisoblanadi.
Avvalroq Spot, Toshkentda yirik sanoat haftaligi bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edi.