Toshkentning “UzExpo” markazida 5−7 aprel kunlari “INNOPROM. O’ZBEKISTONDAGI YIRIK SANOAT HAFTALIGI” (“ИННОПРОМ. БОЛЬШАЯ ПРОМЫШЛЕННАЯ НЕДЕЛЯ В УЗБЕКИСТАНЕ”) xalqaro sanoat ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Bu haqida Innoprom saytida xabar beriladi.

O’tkazish vaqti:

  • 5 — 6 aprel kunlari, 10:00 — 17:00
  • 7 aprel kuni, 10:00 — 16:00 gacha davom etadi.

O’tkazish maqsadi:

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
  • Sanoat rivojlanishining yangi nuqtalarini aniqlash;
  • Ishbilarmonlik aloqalarini o’rnatish va mustahkamlash;
  • Qo’shma korxonalarni yaratish.

Qanday formatda:

  • Mahsulotlarni xalqaro miqyosdagi keng ko’lamli ekspozitsiyaning bir qismi sifatida namoyish etish;
  • Biznes dasturining tematik sessiyalarida qatnashish;
  • Ko’rgazmaning kommunikatsion platformasida biznes loyihalarning taqdimoti;
  • B2B uchrashuvlarini tashkil etish.

Haftalikda 300 dan ortiq korxonalar 15 ta ishchi dastur doirasida ishtirok etishadi. Ko’rgazma mashinasozlik, metallurgiya,energetika, kimyo va farmatsevtika sohalarini qamrab oladi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyo davlatlari hamda Afg’oniston va Pokistondan tashrif buyurishadi.

Ko’rgazma doirasida Rossiya, O’zbekiston, Fransiya, Belorussiya, Qozog’istonning 200 dan ortiq eksponentlari — yirik kompaniyalar vakillari, shuningdek o’rta va kichik biznes vakillari o’z mahsulotlarini namoyish etadilar.