Statistika qo’mitasi bozordagi alohida turdagi oziq -ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari haqida ma’lumot berdi.

Unga ko’ra mol go’shti 45 000 so’mdan 67 000 so’mgacha, qo’y go’shti esa kilogrami uchun 48 000 so‘mdan 78 000 so‘mgacha narxda sotilgan.

O‘simlik yog‘ining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori"da (mahalliy paxta yog‘i 14 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorda paxta yog‘ini 16 000 — 17 600 so‘m oralig‘ida xarid qilish mumkin. Maksimal narxi esa, 24 000 so‘m kuzatildi.

Shakar narxi 7 000 so’mdan 8500 so’mgacha sotilgan.

Piyoz 1 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha, sabzi esa 1 800 so‘mdan 4 500 so‘mgacha sotilgan.

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan.