Prezidentga ko’p qavatli uylarni boshqarishning takomillashtirilgan tizimi taqdim etildi

Unga ko’ra, ko‘p xonali turar joy fondini ta’mirlash jamg‘armasini tashkil etib, uni 35 foiz respublika byudjeti, 35 foiz mahalliy byudjet va qolgan 30 foizini mulkdorlar to‘lovidan jamg‘ariladigan mablag‘lar hisobidan shakllantirish rejalashtirilgan.


Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilindi

Unga ko’ra joriy yilda 457 mingdan ortiq doimiy yangi ish o‘rinlari yaratiladi.


Volkswagen Uzbekistan “Škoda Octavia” modeli sotuvini yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 1,4 litr hajmga ega turbo dvigatel varianti keltirilgan bo‘lib, u 150 ot kuchiga ega. Kelgusida 2 litr hajmdagi turbo dvigatel ham olib kelinishi ko‘zda tutilgan.


Dunyoda ro’y bergan TOP-10 ta yangilik

  1. Turkiyaning Thodex kriptobirjasi ishlashdan to’xtadi. Uning bosh direktori esa $2 mlrd miqdordagi pullar bilan birga izsiz yo’qolgan.
  2. Tesla 2021-yilning 1-choragida kutilganidan ham yuqori daromad oldi. Unga ko’ra kompaniya daromadi $5,99 mlrddan $10,39 mlrdga o’sgan.
  3. Eronning yadro dasturi rivoji neft bozoriga bosim o’tkazmoqda. Neft treyderlari OPEK+ doirasida neft qazib olish miqdorini oshirish yuzasidan navbatdagi yig’ilishni kutishmoqda.
  4. Xitoy orbitaga birdaniga to‘qqizta sun’iy yo‘ldoshini o‘rnatdi. Mazkur yo‘ldoshlar shaharsozlik, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, energetika, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha masofaviy zondlash xizmatlarini taqdim etadi.
  5. “Apple” talabning pastligi sababli “AirPods” ishlab chiqarishni qisqartiradi. Hozirda ko‘plab xaridorlar Samsung, Huawei va Xiaomi’ning arzonroq variantlarini afzal ko‘rmoqdalar.
  6. Google Chrome’dan bir necha marta tez ishlaydigan yangi “bulutli brauzer” ishlab chiqildi. Ishlab chiqaruvchilar bu jarayonni yangi turdagi kompyuterlar sari birinchi qadam, deb hisoblamoqdalar.
  7. Jef Bezosning boyligi $200 milliarddan oshdi. Forbes nashrining “Real time Billionaires” rukni bo’yicha Jef Bezos eng yuqori ko’rsatgich bilan dunyoning eng boy odami bo’lib qolmoqda.
  8. Bayden AQSH iqtisodiyotini rivojlantirish bo’yicha uchinchi yirik tashabbusni taklif etdi. Unga ko’ra, yuqori daromadga ega bo’lganlarga soliqni ko’paytirish evaziga Amerika oilalariga $1,8 trln ajratish rejalashtirilgan.
  9. “Microsoft” Windows uchun o‘yin ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz bermoqchi. Ushbu o‘zgarishlar Microsoft do‘konidagi Xbox o‘yinlariga emas, balki kompyuter o‘yinlariga ta’sir qiladi.
  10. “Twitter” aksiyalari keskin tushib ketdi. Bir necha daqiqada kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymati $65,5 dan $59,4 ga tushib ketdi.