Apple bu yil simsiz quloqchinlari hisoblanmish AirPods’ni ishlab chiqarish yuzasida o‘zgartirish kiritmoqda, qurilmalar bu yildan boshlab 25−30% ga qisqartiriladi. Bu haqda Nikkei Asia axborot manbalariga asoslanib xabar bermoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, endi kompaniya 75−85 milliongacha qurilma chiqarishni rejalashtirmoqda, avvalgi ishlab chiqarish rejasi 110 million donani tashkil etgandi.

Xabarda aytilishicha, eshitish vositalariga bo‘lgan talab kompaniya kutganidan past bo‘lib chiqdi. Ularning omborlar va do‘konlardagi zaxira darajasi yuqori. Buyurtmalarning eng sezilarli pasayishi ikkinchi va uchinchi chorak boshlarida sodir bo‘lgan.

Shuningdek, Apple bu yilgi yangi AirPods orqali sotuvlar tezlashishini kutmoqda. O‘tgan yili kompaniya barcha AirPods’larini sota olmadi. Manbalarga ko‘ra 80 milliondan 90 milliongacha eshitish vositalariga buyurtma berilgan, ammo faqatgina 72,8 million donani yetkazib bergan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya simsiz minigarnituralar bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, hozirda ko‘plab xaridorlar Samsung, Huawei va Xiaomi’ning arzonroq variantlarini afzal ko‘rmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot Apple yangilangan iOS 14.5 ni taqdim etganligi haqida xabar bergan edi.