Xitoyning “Honor” smartfon markasi Google kompaniyasi bilan aloqalarni tikladi. Hozirda kompaniya o’zining Honor 50 seriyasidagi barcha smartfonlarga Qualcomm protsessorini o’rnatmoqda.

2019-yilning may oyida AQSH Huawei kompaniyasini qora ro’yxatga kiritish to’g’risida ko’rsatma bergan edi. Natijada Google kompaniya bilan hamkorlik qilishni to’xtatdi va Huawei AppGallery dasturlari mavjud bo’lgan smartfonlarni ishlab chiqdi. 2020-yilning noyabr oyida Huawei o’z tarkivida bo’lgan Honor brendini 15 mlrd dollarga sotishi haqidagi xabarni tasdiqladi.

Ajralib chiqqan “Honor” sanksiyalardan saqlanish maqsadida 2021-yilning bahoridan boshlab yana Google xizmatlariga ega smartfonlar ishlab chiqishni rejalashtirgani haqida Spot avvalroq xabar bergan edi.