Viasat sunʼiy yoʻldosh operatori AQSh Federal aloqa komissiyasidan Starlinkʼning sunʼiy yoʻldoshlarni uchirish boʻyicha ruxsatnomasini bekor qilishni soʻradi. Operator sunʼiy yoʻldoshlarni ekspertiza qlishni talab qilib sudga murojaat qildi.

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi allaqachon 1584 Starlink sunʼiy yoʻldoshini pastroq orbitaga olib chiqqan, yana 26 tasi may oxirida uchirilishi rejalashtirilgan.

Viasat daʼvosiga koʻra, komissiya SpaceXʼning orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlar sonini ikki baravar oshirish haqidagi talabini maʼqullashdan oldin, ularning atrof-muhitga taʼsirini tekshirishi kerak.

Dastlab, komissiya 1100 dan 1300 km gacha boʻlgan orbitalarga 2825 ta sunʼiy yoʻldoshni uchirishni maʼqullagan. 27-aprelda esa SpaceX litsenziyasi oʻzgartirilgan.

Oʻzgarish video qoʻngʻiroqlar, oʻyinlar va Internet maʼlumotlarini uzatish tezligini oshirish uchun zarur boʻlgan. Signalning kechikishini kamaytirgandan soʻng, SpaceX komissiyadan $890 million miqdorida subsidiya olgan.

Viasat esa ekologik ekspertizani qayta koʻrib chiqishni talab qilmoqda, chunki qulab tushgan sunʼiy yoʻldoshlar atmosferaga jiddiy taʼsir koʻrsatishi va orbital chiqindilarni yaratishi mumkin.

“vc.ru"ning yozishicha, Viasat kompaniyasining murojaatiga kompaniyaning SpaceX bilan raqobatdan aziyat chekayotganligi sabab boʻlishi mumkin.

Avvalroq Spot, Google va SpaceX birgalikda stansiyalar oʻrnatishga kelishib olganliklari toʻgʻrisida xabar bergan edi.