Spot 2021-yil iyun oyida O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.

Eng daromadli omonat turi 26 foizgacha “Davrbank”da aniqlandi. “Qishloq qurilish bank"da depozitga olish xizmati to’xtatilgan. Umumiy ko’rsatkichda oxirgi 3 oy davomida barcha banklarda depozit uchun yillik foiz stavkalar oshgani kuzatilmoqda.

“Kapitalbank”

Yillik foiz stavkasi 20% ni tashkil etadi. Omonat muddati 25 oy bo’lib, eng kam summasi 500 000 so’mni tashkil etadi. Muddatdan avval bekor qilishga ruxsat beriladi.

Agar omonat muddatidan oldin talab qilib olinadigan boʻlsa, foizlar summasi pul mablagʻlarining omonatda turgan toʻliq oylari uchun toʻlanadi.

“O‘zbekiston milliy banki”

Yillik foiz stavkasi 20% ni tashkil etadi. Omonat muddati — 24 oy. Agar depozit hisob raqami elektron ilova orqali ochilgan bo’lsa imtiyozlar mavjud.

“Turonbank”

Omonat muddati 12- oy bo’lib, yillik foiz stavkasi 20% ni tashkil etadi. Minimal summasi 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Kapitalizatsiya qilinmaydi.

Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa, to‘liq 1 oydan 3 oygacha 17 foiz, to‘liq 3 oydan 6 oygacha 18 foiz, to‘liq 6 oydan 12 oygacha 19 foiz va to‘liq muddat saqlangan omonatlar uchun 20 foiz pul mablag‘lari to‘lanib beriladi.

“Agrobank”

Yillik foiz stavkasi — 19%, muddati — 12 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Qo’shimcha mablag' qabul qilinmaydi. Foizlar har oyda oldindan plastik kartaga o’tqazib beriladi.

“Aloqabank”

Foiz stavkasi — 20% (QVS+6%), muddati — 12 oy. Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklari kartalaridan qabul qilinadi. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Foizlar oyma-oy talab qilib olinguncha hisobraqamga ko`chirib boriladi. Omonat muddatiga qarab foizlar qaytadan hisoblab chiqiladi.

“Davrbank”

Omonat shakli: Naqd va naqdsiz shaklda, minimal qiymati — 1 mln. so’m. Foizlarni oylik to’lab beriladi. Hisobni to’ldirish imkoniyati: dastlabki 6 oy ichida. Foizlar har oyda to’lab boriladi.


Muddati
Yillik foiz to’lovi
1
1−3 oygacha
18%
2
4−6 oygacha
21%
3
7−9 oygacha
23%
4
10−12 oygacha
26%


“InfinBANK”

Yillik foiz stavkasi — 21%. Omonatning minimal miqdori 25 million so’mni tashkil etadi va naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi. Muddati 18 oy. Shuningdek, qo’shimcha mablag' faqat bank kartasidan kiritilishi mumkin.

“Orient Finans” bank

Foiz stavkasi — 15%, muddati — 300 kun. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 10 million so’mni tashkil etib, naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi.

“Turkiston bank”

Foiz stavkasi — 6−9%, muddati — 18 oy. Foizlar har kun hisoblanadi va oylik to’lab beriladi. Minimal summa 100 million etib belgilangan.

“Hamkorbank”

Foiz stavkasi — 20%, muddati — 18 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 1 million so’mni tashkil etadi. Omonat 12 oydan avval talab qilinsa yillik 9 foiz ustama to’lanadi.

“Asia Alliance Bank”

MyAlliance mobil ilovasi orqali ochiladi. Yillik foiz stavkasi 3 oygacha — yillik 23% dan, 3 oydan 6 oydagi — yillik 22% dan, 6 oydan 9 oygacha — yillik 21%, 9 oydan 12 oygacha — yillik 20% hisoblanadi. Qo’shimcha badallar qabul qilinmaydi. Foizlar har oyda va omonat muddati tugaganda to’lanadi.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.