“Nostandart biznes-model tufayli biz faol mijozlar bazasiga ega bo’ldik” — Vladimir Dobrinin, Humans

Humans fintex-platformasi asoschisi, YOTA mobil operatorining sobiq bosh direktori yangi ekosistemalar, neobank-dinozavrlar, O’zbekistondagi loyiha muvaffaqiyati va kelajakdagi rejalari haqida so’zlab berdi.


Oddiy farmatsevtning yirik kompaniyaga asos solishi. Nestle brendining muvaffaqiyat yoʻli

Spot Nestle kompaniyasiga asos solinish tarixi va muvaffaqiyat yoʻli haqida qiziqarli maʼlumotlarni tayyorladi.


Bank sohasidagi vakant lavozimlar: O’zmilliybank, Asakabank va Respublika Markaziy banki munosib nomzodlarni qidirmoqda

Hozirda 1−3 yilgacha, 3−6 yilgacha va ish tajribasiga ega bo’lmagan mutaxassislarga ehtiyoj bor.


Stiv Jobsdan har bir marketolog uchun kerak bo‘ladigan tajribalar

Spot Apple asoschilaridan biri Stiv Jobsning hayotiy tajribalari asosida yosh marketologlar uchun “keys"lar tayyorladi.


Dunyo xabarlari:

  1. Insonlarni Oyga yuboruvchi oʻta ogʻir raketa-tashuvchi tayyor boʻldi. Barchasi rejadagidek ketsa, parvoz 2021-yilning noyabrida amalga oshiriladi.
  2. Apple “aqlli soatlar” seriyasini yangilangan talqinda namoyish etadi. Unga ko’ra, kompaniya ekstremal sportchilar uchun ham soatlar ishlab chiqaradi.
  3. Ilon Mask o’ziga tegishli bo’lgan oxirgi uyni ham sotishga qaror qildi. Milliarder 2020-yildan boshlab oʻziga tegishli SpaceX kompaniyasiga qarashli uyda ijarada yashab kelmoqda.
  4. Xitoyda maoshni raqamli valyutani koʻrinishida toʻlash boshlandi. Mazkur valyuta bir soniyada kamida 250 mingta tranzaksiyalarni amalga oshira oladi.
  5. Windows 11 rasmiy taqdimot oldidan tarmoqlarda paydo bo’ldi. The Verge nashri tahrirchisi Tom Uorrren Twitterdagi sahifasida xabar berdi.
  6. Facebook video oʻyin ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni boshladi. Ijtimoiy tarmoq daromadining 97% qismi reklamadan keladi.
  7. Moskvada Oʻzbekiston “prava"si bilan taksichilik qilish taqiqlanmoqda.1-avgustdan boshlab Moskvada taksi xizmati ishlashini nazorat qilish tizimi ish boshlaydi.
  8. Smartfonlar uchun universal zaryadlovchi qurilma ishlab chiqariladi. Yirik brendlar bunga rozi. Endi foydalanuvchilar zaryadlovchi qurilmaning yangi smartfon bilan mos kelishi yoki yoʻqligi haqida tashvishlanmasalar ham boʻladi.
  9. “Doge” internet memi NFT-token shaklida $4 mln ga sotildi. Bu kim-ochdi savdosida sotilgan eng qimmat internet mem hisoblanadi.
  10. Brent neft markasi ikki yillik maksimum narxini yangiladi. Neft birjada barreli uchun $71 dan yuqori narxga sotilmoqda.