WTI neft markasining iyul oyidagi fyucherslari narxi Nyu-York tovar birjasida barreli uchun $71 dan yuqori narxga sotilmoqda.

Neftning bu markasi uchinchi hafta ketma-ket narxlarini oshirib bormoqda. Bu ko’rsatkich 2018-yilning oktyabr oyidagi maksimal ko’rsatkichni yangiladi.

FGE rahbari Fereydun Fesharakining fikricha, bozorning asosiy ko’rsatkichlari shu qadar kuchliki, agar uchinchi chorak o’rtalarida Erondan yetkazib berish hajmi oshmasa, neft narxi bir barreli uchun $80 ga ko’tarilishi mumkinligi haqida fikrbildirgan edi.

UBS AG Wealth Management strategisti Ueyn Gordon esa kelasi yil boshida neft narxi $75 dan sotilishi haqida aytib o’tgan. Ammo bu maromdagi o’sish ortidan neft narxi joriy yilning o’zidayoq barreli uchun $80 ni tashkil etilishi mumkin.