Fransiyadagi issiqxonalarda pomidor yetishtirish uchun O‘zbekistondan 9 nafar ishchi tanlanadi. Ish 2027-yil yanvarda boshlanadi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Ishchilarga soliqlar chegirilgandan keyin oyiga 1620 yevro maosh to‘lanadi. Shartnoma 6 oyga tuziladi, ish vaqti haftasiga 35 soat.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- 30−45 yoshdagi erkak bo‘lish;
- sohada kamida 2 yillik ish tajribasi;
- jismoniy mehnatga yaroqlilik.
Nomzodlar “Xorijda ish” platformasida CV to‘ldirganlar orasidan tanlanadi. Anketani 20-noyabrgacha to‘ldirish kerak.
Qo‘shimcha ma’lumotni 1282 yoki +998712023355 (ichki raqam 545) telefon raqami orqali olish mumkin.
Avvalroq Spot o‘zbekistonlik qurilish mutaxassislari Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgandi.