Apple “aqlli soatlar” seriyasini yangilashi haqida xabar berdi. Bu haqda Bloomberg nashri yozmoqda.

Xabar berilishicha, soat oldingilariga qaraganda tezkor protsessorga, yangilangan ekranga va yaxshilangan simsiz tarmoqqa ega bo’ladi.

Soat “Apple Watch Series 7” nomini olishi mumkin. 2022-yilda esa Apple asosiy modellarni yangilab, ekstremal sportchilar uchun ham soatlar ishlab chiqaradi.

Agentlik so’zlariga ko’ra, yangi soat joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida taqdim etilishi mumkin. Ularning narxi hozirgi modellarga qaraganda yuqori bo’lishini istisno emas.