Windows 11 operatsion tiziming yangi talqini rasmiy e’lon berilishidan oldin Twitterda paydo bo’ldi. Uning ayrim xususiyatlari haqida The Verge nashri tahrirchisi Tom Uorren sikrinshotlar orqali xabar qoldirgan.

U xabarda “Пуск” tugmasining ishlash jarayoni va yangi funksiyalarni keltirib o’tgan. Unda tezda kirish uchun ilovalarni o’rnatib qo’yish mumkin. Shuningdek, “Проводник” da yangi piktogrammalar bo’ladi. Oynalar va burchaklar yumaloq bo’ladi. Yangi operattsion tizimda Windows 10X bilan o’xshash jihatlar mavjud deya ta’kidlab o’tilgan.

Windows 11 Xbox dasturini o’zida aks ettirgan, ya’ni Xbox Game Pass, ijtimoiy tarmoqlar va Xbox kontent do’koniga tezkor kirishni ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda rasmiy Windows 11 fon rasmlarini yuklab olishingiz va o’rnatishingiz mumkin.

Uorrenning qo’shimcha qilishicha, Microsoft Windows 11 taqdimoti 24-iyun kuni to’liq namoyish etiladi. OSning rasmiy nomi hali taqdim etilmagan, kompaniya faqat ko’rsatmalar bilan cheklangan.