Mashhur “Doge” internet memi (siba-inu it zoti rasmi) Zora auksionida 1696,9 Ethereum ($4mln) kriptovalyutasiga sotildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar beradi.

Memni sotib olgan shaxs @pleasrdao niki foydalanuvchisidir.

Rasm o’zaro o’zgarmas token (NFT) sifatida sotilgan. Bu kim — ochdi savdosidagi eng qimmat sotilgan memga aylandi.

Surat 2010-yilda paydo bo’lgan edi. Uning yaralishi va mashhur bo’lishi Asuko Sato ismli tarbiyachi bilan bog’liq.

Mem 2019-yilda “qayta tug’ilgan” va MTV ning “Biz minnatdor bo’lishimiz kerak bo’lgan 50 ta pop-madaniyat belgilari” ro’yxatiga kiritilgan.

2013-yilda Dogecoin yangi kriptovalyutasining yaratilgani haqida xabar berilgan. Ilon Mask uni qo’llab quvvatlaganidan so’ng uning narxi oshishni boshladi.

Ma’lumot uchun: SpaceX Marsga sayohat qilish uchun Dogecoinni asosiy to’lov vositasi deyae’lon qilgan edi.