Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi kurslarini eʼlon qildi. Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 19,25 soʻmga oshib, 10 586,85 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 4,94 soʻmga koʻtarilib, 12 598,35 soʻmga teng boʻldi.

Oʻz navbatida rubl kursi esa 1,53 soʻmga pasaygan va 1 rubl 144,87 soʻmni tashkil etgan.


Oʻzbekistonda oʻtgan hafta davomida dollarning rasmiy kursi qatorasiga uch kun pasaygan va umumiy 50 soʻmdan ortiqroqqa arzonlashgandi. Dollar kursi 1 hafta oldingiga nisbatan 22,15 soʻmga farq qilmoqda.