2021-yil birinchi choragining oxiriga kelib O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $34,2 mlrd ni tashkil etmoqda. Bu raqam markaziy bank taqdim etgan ma’lumotlar asosida (pdf) ma’lum bo‘lmoqda. Mazkur qarz yil boshidan beri 1% ga yoki $310 millionga o‘sdi.

Umuman olganda qarz o‘sib bormoqda, ammo yil boshida bu sur’at keskin pasayib ketdi. Markaziy bank buni yangi qarzlar va to‘lovlarning nisbati taxminan bir xil bo‘lganligi bilan izohlamoqda.

Tashqi qarz davlat va xususiy qarzlardan iborat. Bunda,davlat qarzi $21,2 mlrd ni tashkil etdi va u $156,7 mln ga kamaygan bo‘lsa, xususiy qarz $13 mlrd ni tashkil etib, $467,3 mln ga oshdi.


Asosiy qarzlar bank sektori ($6,6 mlrd), neft-gaz va energetika ($4,4 mlrd) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Qarzni to‘lashga kelsak, ushbu uch oyda davlat $200 mln lik asosiy qarz va $67 mln lik foizlar to‘lovlarini amalga oshirgan. Xususiy tashqi qarz esa mos ravishda $687 mln va $94,3 mln lik foiz to‘lovlarini to’langan.