O‘zbekistonda biznes rivojlanib borgani sari distributsiya jarayonlari ham murakkablashmoqda. Kompaniyaning savdo nuqtalari, hududlari va joylarda ishlaydigan savdo agentlari soni ko‘paygan sari qo‘lda bajariladigan jarayonlar qimmatga tushadi. Shu bilan birga, rahbar uchun ayni vaqtda savdoda nimalar sodir bo‘layotganini ko‘rish ham qiyinlashadi.
Mamlakatdagi yirik sharbat ishlab chiqaruvchilardan biri — Dena kompaniyasi ham ana shunday bosqichni boshdan kechirgan. Kompaniyaning hisob yuritish tizimi yillar davomida qog‘oz blankalardan to‘liq raqamlashtirilgan tizimgacha rivojlandi.
Dena: butun mamlakat bo‘ylab qamrov
Dena sharbatlari va nektarlarini ishlab chiqaruvchi Marwin Brands kompaniyasi 2008-yildan buyon faoliyat yuritadi. Bitta ishlab chiqarish liniyasi uzluksiz ishlaganda bir kunda 150 mingtagacha sharbat qadoqlarini ishlab chiqarishi mumkin.
Mahsulotlar assortimentiga bir litrlik sharbatlar, bolalar uchun kichik hajmdagi qadoqlar hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan 0,33 litrli format kiradi. Dena mahsulotlari O‘zbekistonning barcha hududlarida sotiladi. Kompaniya Toshkentdagi savdo jarayonlarini mustaqil boshqaradi, hududlarda esa distributorlar tarmog‘i orqali ishlaydi. Mahsulotlarning bir qismi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga eksport qilinadi.
Bugungi kunda Dena savdo jamoalari 130 ta yo‘nalish bo‘yicha qariyb 25 mingta savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalishlarning 23 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Har bir savdo agenti bir kunda o‘rtacha 32 ta savdo nuqtasiga tashrif buyuradi. Ammo avvallari vaziyat boshqacha edi.
Avtomatlashtirishdan oldin ishlar qanday bajarilgan?
Savdo bo‘limi rahbari Elyor Alimov kompaniyaga 2013-yilda savdo vakili sifatida ishga kelgan va qog‘oz asosidagi hisob yuritish davrini ham ko‘rgan. Savdo agentlari buyurtmalarni ikki nusxali qog‘oz blankalarga qo‘lda yozishgan. Blankning bir nusxasi savdo nuqtasida qoldirilgan, ikkinchisi esa kechqurun ombor mudiriga topshirilgan. Ombor mudiri barcha buyurtmalarni yana qo‘lda o‘z jurnaliga ko‘chirib, keyin ularni buyurtma yig‘uvchilarga bergan.
Asosiy muammo shundaki, hech kim ombordagi real qoldiqni ko‘ra olmagan. Savdo agenti mahsulot mavjud yoki mavjud emasligini bilmasdan buyurtma olgan. Kechqurun esa mahsulot barcha buyurtmalarga yetmasligi ma’lum bo‘lgan. Blankni birinchi bo‘lib topshirgan agentning buyurtmasi bajarilgan, qolgan agentlarning mijozlari esa mahsulotsiz qolgan. Mahsulot nomlari raqamlar orqali yozilgani sababli sharbat ta’mlarini adashtirish holatlari ham bo‘lgan. Masalan, agent omborda qolmagan shaftolili sharbatdan 30 qadoq buyurtma olgan. Keyinchalik u mijozga qayta qo‘ng‘iroq qilib, buyurtmani boshqa mahsulotga o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan.
Kechki hisobotlarni tayyorlash ham bir necha soat vaqt olgan. Yigirmadan ortiq savdo vakili ombor mudirining oldida navbat kutgan. Shundan so‘ng ular kunlik savdo hajmini o‘zlari hisoblab, natijalarni doskaga yozishgan. Bu jarayon ikki-uch soatgacha davom etgan, buyurtma yig‘uvchilar esa kechgacha, ba’zida tun yarmigacha ishlashga majbur bo‘lgan.
Qog‘oz o‘rniga planshetlar
Dena avtomatlashtirish uchun dastlabki dasturni 2014-yilda joriy qilgan. Kompaniya savdo vakillarining barchasini Android planshetlari va telefonlari orqali ishlashga o‘tkazgan. O‘sha davr uchun bu qat’iy va jasoratli qaror edi. Chunki bunday qurilmalar bozorda endigina ommalashayotgan va narxi ham ancha qimmat edi. Shunga qaramay, Dena boshidanoq raqamlashtirishga jiddiy yondashdi.
Biroq dastlabki tizimning kamchiligi shundaki, ma’lumotlarni baribir Excel dasturiga yuklab, tahlillarni qo‘lda tayyorlashga to‘g‘ri kelardi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniya avtomatlashtirilgan tizim ustida yana bir qo‘lda boshqariladigan Excel tizimi ishlasa, avtomatlashtirishning asl ma’nosi yo‘qolishini tushunib yetdi.
Sales Doctor tizimiga o‘tish
Sales Doctor kompaniyaga Excel’da ishlatilgan formulalar va hisobotlarni platformaning o‘ziga integratsiya qilish imkonini berdi. Natijada barcha jarayonlarni bitta tizim ichida boshqarish imkoni paydo bo‘ldi. Avvalgi dastur yetkazib beruvchilar tayyor shablon doirasidan chiqmagan bo‘lsa, Sales Doctor Dena kompaniyasining talablariga mos ravishda kerakli ish mantig‘ini shakllantirib berdi. Dena 2016-yilda Sales Doctor tizimiga o‘tdi. Barcha ma’lumotlarni yangi platformaga to‘liq ko‘chirish jarayoni bir oy davom etdi.
Nimalar o‘zgardi?
Tejalgan vaqt avtomatlashtirishning eng asosiy va o‘lchash mumkin bo‘lgan natijasiga aylandi. Avvallari savdo agenti sakkiz soatlik ish kuni davomida 20 ta savdo nuqtasiga tashrif buyura olgan bo‘lsa, avtomatlashtirishdan keyin bu ko‘rsatkich 32 tagacha oshdi. Endilikda savdo vakili blankalarni qayta yozish yoki operatorga qo‘ng‘iroq qilish uchun vaqt sarflamaydi. Ombor xodimlari ham tunda ishlashni to‘xtatdi. Buyurtmalar savdo agenti tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimga kiritiladi va omborga darhol yetib boradi. Shu sababli buyurtmalarni yig‘ish jarayoni kun davomida amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilish tezligi ham o‘zgardi. Savdo agenti biror savdo nuqtasida muammo borligini bildirsa, rahbar ushbu nuqtaning kartochkasini ochib, buyurtmalar tarixini va foto hisobotlarni darhol ko‘ra oladi. Tizimga joylangan barcha ma’lumotlar doimiy saqlanadi. Masalan, 2010-yilda ochilgan savdo nuqtasining bugungi kungacha bo‘lgan barcha suratlari tizimda mavjud. Kompaniyada Telegram botlariga ham alohida ahamiyat beriladi. Dasturning o‘zida ishlamaydigan distributorlarga foto hisobotlar va umumiy ma’lumotlar Telegram botlari orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Markirovka jarayoni alohida yo‘nalish hisoblanadi. Sales Doctor ombor, Asl Belgisi tizimi va “1С” dasturini bitta zanjirga birlashtirdi. Buyurtma yig‘ish vaqtida mahsulot kodlari skaner orqali o‘qitiladi. Kodlarning faolligi tekshirilgach, elektron hisob-faktura avtomatik ravishda shakllantiriladi. Shundan keyin mahsulot harakati ishlab chiqaruvchidan distributorga, distributordan esa savdo nuqtasiga qadar yagona raqamli zanjir bo‘ylab davom etadi.
“Masalaning mohiyatiga qaraydigan bo‘lsak, Sales Doctor’ni joriy qilish — bu foyda. Dastur vaqtni tejaydi, jamoa esa bo‘shagan vaqtni savdo nuqtalari bilan ishlashga sarflaydi. Bu vaqt oxir-oqibat savdo hajmining oshishi orqali qaytadi”, — deydi Dena savdo bo‘limi rahbari Elyor Alimov.
Rejalashtirish va keyingi bosqich
Bugungi kunda Dena ishlab chiqarishni avval mahsulot ishlab chiqarib, keyin sotishga harakat qilish asosida emas, balki real savdo ma’lumotlariga tayangan holda rejalashtiradi. Kompaniya Sales Doctor tizimidan har bir hudud bo‘yicha savdo tarixini oladi va shu ma’lumotlar asosida zavodning yillik ishlab chiqarish rejasini tuzadi.
Tizim barcha distributorlar omborlaridagi mahsulot qoldiqlarini real vaqt rejimida ko‘rsatadi. Shuningdek, savdo hajmi pasayib ketmasligi uchun qancha mahsulotga qo‘shimcha buyurtma berish kerakligini tavsiya qiladi.
Keyingi bosqich — ishlab chiqaruvchi va savdo nuqtalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamli ko‘prik yaratishdir. Bunda mijoz distributor orqali buyurtmani mustaqil ravishda shakllantira oladi. Jarayonlar avtomatlashtirilgani sari savdo vakillarining qo‘lda bajaradigan ishlari kamayib boradi.
Sales Doctor haqida
Sales Doctor — O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi 2000 dan ortiq kompaniya foydalanadigan distributsiyani avtomatlashtirish platformasi. Tizim savdo vakilining buyurtma olishidan boshlab, ombor nazorati, moliyaviy hisob, tahlil va tayyor PIVOT hisobotlarigacha bo‘lgan savdo jarayonining to‘liq siklini qamrab oladi. Platforma “1С”, CRM va ERP tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Shuningdek, distributorlar uchun Telegram botlari hamda iOS va Android qurilmalari uchun SD Agent mobil ilovasi mavjud.
“Bugungi kunda Sales Doctor O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda faoliyat yuritmoqda. Keyingi bosqichlarda kompaniya Saudiya Arabistoni va MENA — Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda. Distributsiyani avtomatlashtirish sohasidagi ko‘p yillik tajribamizga tayangan holda, yechimlarimizni ushbu bozorlarning o‘ziga xos jarayonlari va ehtiyojlariga moslashtirish ustida ishlayapmiz”, — dedi Sales Doctor asoschisi Otabek Suvonov.
Platformaning imkoniyatlari, tariflari va joriy qilish shartlari haqida batafsil ma’lumot olish hamda bepul 30 daqiqalik namoyishga yozilish uchun kompaniya saytiga murojaat qilish yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: (+998) 55−500−03−05.
Instagram: @salesdoctoruz
Telegram: t.me/salesdoctoruzb
YouTube: @salesdoctor_uz
LinkedIn: linkedin.com/salesdoctoruz
Reklama huquqlari asosida.