Kompaniyaning bunday qarorga kelishiga Yaponiya aholisi oʻrtasida Olimpiadani oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik borasidagi birlik yoʻqligi sabab boʻlgan. Aholining uchdan ikki qismi Yaponiya pandemiya ortida Olimpiadani xavfsiz oʻtkaza olishiga ishonmayapti.

Kompaniya ham oʻz oʻrnida bundan reklama kampaniyasiga umid bogʻlamayapti.

“Olimpiada jamiyatda u haqida umumiy fikr boʻlmagan hodisaga aylandi”, — deb aytgan kompaniya vakili.

Taʼkidlashicha, kompaniya bosh direktori Akio Toyoda ham Olimpiada ochilishi marosimida ishtirok etmaydi.