O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Spot avgust oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonda yaqin oylarda ishga tushishi mumkin
To‘lov xizmatlari Visa va Mastercard kartalaridan tashqari, Humo va Uzcard‘ni ham qo‘llab-quvvatlay oladi.
“Maqsadimiz — O‘zbekiston brendini xalqaro darajaga olib chiqish”: Safia’ning Qozog‘istondagi faoliyati, raqobat va investitsiyalar haqida
O‘zbek brendi Safia dunyo bozorini zabt etishni boshladi. U xalqaro kengayishda franshiza modelidan voz kechdi. Brend hammuassisi Bekzod Samigjanov Spot’ga kompaniyaning Qozog‘istondagi tajribasi, Starbucks bilan raqobat va loyiha qiymati haqida so‘zlab berdi.
Stanbase startap platformasi asoschisi Umed Rahimov tavsiya qilgan 6 ta kitob
Ro‘yxatdan venchur tafakkuri, marketing, startaplar va tadbirkorlar hikoyalari haqidagi kitoblar o‘rin olgan.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Jo‘rabek Mirzamahmudov jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sherzod Xodjayev tayinlandi. - Hududiy elektr tarmoqlari rahbari Asrorjon Askarov ham lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isaqulov yangi rahbar bo‘ldi.
Milliy elektr tarmoqlari, IES, O‘ztransgaz va Hududgazta’minot rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati berildi. - Mubin Mirzayev 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevni firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topdi. - Qonunchilik palatasi ulushli qurilish bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Muhokama davomida deputatlar Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan ayrim normalarni aniqlashtirish va ikkinchi o‘qishgacha qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi. - Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan uyga onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi.
Endi bunday turar joyga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun garovga oluvchining roziligi talab etilmaydi. - Sanksiyalar ortidan Zolotaya Korona orqali pul o‘tkazmalari boshqa operatorga o‘tkaziladi.
Sanksiyalar Zolotaya Korona tizimining o‘ziga emas, balki pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan korrespondent bankka nisbatan joriy etilgan. - O‘zbekistonda 265 mingdan ortiq tadbirkor yagona QR-kodga ulandi.
Markaziy bank sog‘lom raqobat tarafdori ekanini hamda banklar va to‘lov servislarining QR-kodlaridan majburiy voz kechishga qarshi ekanini ma‘lum qildi. - Toshkentda 35 ta bozor va savdo kompleksi sotuvga chiqariladi. Ro‘yxat.
Xaridorlar ularning o‘rnida ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, ko‘ngilochar markazlar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar barpo etishi kerak bo‘ladi. - Bank omonatlari foizlaridan 5% lik soliq undirish taklif qilinmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu davlat budjetiga qariyb 1,4 trln so‘m qo‘shimcha tushum olib kelishi mumkin. Keyinroq Fiskal tahlillar instituti va Markaziy bank bu faqat ilmiy taklif ekanini ta’kidladi. - O‘zbekistonda 2028-yildan yirik korxonalar uchun uglerod solig‘ini joriy etish taklif etilmoqda.
Yangi soliqni joriy etishga tayyorgarlik keyingi yildan boshlanishi mumkin, bu eng yirik sanoat korxonalarini qamrab oladi. - Moliyaviy xizmatlar uchun olinadigan komissiyalarga QQS qo‘llash taklif etilmoqda. Ro‘yxat.
Banklar, aloqa operatorlari, bozorlar va boshqa bir qator tashkilotlar uchun foyda solig‘ini 20% dan 15% ga tushirish taklif etildi. - Avtobus uchun yo‘l haqini iqtisodiy asoslangan darajaga oshirish taklif qilindi.
Hozirda jamoat transporti xarajatlarining 65% dan ortig‘i subsidiya hisobidan qoplanmoqda. Buning uchun 1,38 trln so‘m ajratilgan. - O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin bo‘ladi.
Tomonlar bo‘lish qoidalarini soddalashtirish bo‘yicha bayonnomani imzoladi. Hozirda mamlakatga kirgandan keyin 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. - O‘zbekistonda ijtimoiy normadan ortiq isitish uchun tarifni 5 barobar oshirish taklif qilindi.
Tashabbus mualliflari imtiyozlarni faqat manzilli yordam tizimi orqali ehtiyojmandlar uchun saqlab qolishni ilgari surmoqda. - “Odamlar dod deganicha bor”: Toshkentdagi umumiy hovli va o‘yin maydonchalaridagi noqonuniy qurilishlar tekshiriladi.
Saida Mirziyoyeva bu kabi hududlar yo‘q qilib yuborilayotganini tanqid qilib, Bosh prokuraturaga ularni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazishni topshirdi. Undan keyin ushbu hududdagi qurilish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. - O‘zini o‘zi band qilganlar va YTTlar uchun ijtimoiy soliq eng kam ish haqiga bog‘lanishi mumkin.
Bundan tashqari, ayrim korxonalar uchun 1%lik ijtimoiy soliq imtiyozi bandlikni oshirish va norasmiy bandlikni qisqartirishda samara bermagan. - “Na „blatnoy“, na o‘zidan ketgan qoladi. Hamma teng” — Saida Mirziyoyeva quruvchilar haqida.
Prezident Administratsiyasi rahbari Toshkentdagi qurilishlarni o‘rganib, qonunbuzarliklar uchun aybdorlarni jazolashni topshirdi.



