Avvalroq Spot Toshkentni 2026−2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilingani haqida yozgan edi.

Qarorda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ham belgilangan. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, aholi va biznesga qulaylik yaratish maqsadida 35 ta bozor va savdo majmuasini ommaviy savdolarga chiqarish rejalashtirilgan.

Barcha obyektlar Toshkent Invest kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan tayyor biznes loyihalari asosida sotiladi. Bu bo‘yicha master rejani ishlab chiqish Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Savdo shartlariga ko‘ra, obyektlarni sotib oluvchilar bozorlar va savdo komplekslari o‘rnida zamonaviy ekobozor, savdo va xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar markazlar hamda ko‘p qavatli avtoturargoh tashkil etishlari kerak bo‘ladi.

Bozorlarga tegishli yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari davlat ulushini kamaytirish hisobiga Toshkent Invest kompaniyasiga mulk qilib beriladi. Bunda ko‘chmas mulk utilizatsiya qiymati bo‘yicha, yer uchastkalari esa yer solig‘i stavkasining eng yuqori pasaytiruvchi koeffitsiyenti qo‘llanilgan holda baholanadi.

Kompaniya o‘ziga o‘tkazilgan hududlarda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishi mumkin. Bozor va savdo komplekslarini sotishdan tushgan mablag‘larning 1% hamda savdoga chiqarish xarajatlari Toshkent Invest’ga o‘tkazib beriladi.

Sotiladigan obyektlar qatorida Aviasozlar, Qoraqamish, Qo‘yliq, Navro‘z, Sergeli, Farhod dehqon bozorlari, Bek to‘pi va Chilonzor savdo komplekslari avtoturargohi bor. Shuningdek, Navro‘z bozorining 7 ta, Sergeli bozorining 6 ta, Qoraqamish’ning 5 ta filiali va Yunusobod bozorining 2 ta shoxobchasi ham auksionga chiqariladi.

Ommaviy savdolarga chiqariladigan bozorlar va savdo komplekslari hamda ularning shoxobchalari ro‘yxati:

T/r
Bozor va savdo komplekslari nomi
Manzili
Yer maydoni (ga)
Bino-inshoot maydoni (kv. metr)
1
Navro‘z dehqon bozori
M.Ulug‘bek tumani, Gulsanam va Buyuk ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi
1,68
9 354
2
Chilonzor buyum savdo kompleksi
Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 156A-uy
12,2
137 911
3
Bek to‘pi savdo kompleksi
Chilonzor tumani, THAY ko‘chasi, 12-uy
2,0
12 815
4
Sergeli dehqon bozori
Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 6-uy
2,7
5 868
5
Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori
Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 3a-uy
23,7
60 691
6
Parkent universal savdo kompleksi
Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 74-uy
2,7
2 674
7
Yangiobod ixtisoslashgan bozor
Yashnobod tumani, Tolariq ko‘chasi, 1-uy
15,1
88 647
8
Aviasozlar dehqon bozori
Yashnobod tumani, Beshariq ko‘chasi, 1-uy
5,4
24 061
9
Qora-qamish dehqon bozori
Olmazor tumani, Qora Qamish-1 dahasi, 21-uy
0,8
2 633
10
Farhod dehqon bozori
Uchtepa tumani, Guzar MFY, G9A-mavze
5,4
20 184
11
O‘rikzor savdo kompleksi
Uchtepa tumani, O‘rikzor mavzesi
9,2
100 685
12
Qo‘yliq dehqon bozori
Bektemir tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bozor maydoni
4,4
25 303
13
Navro‘z dehqon bozorining Bo‘z shoxobchasi
M.Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 37-uy
0,75
1 261
14
Navro‘z dehqon bozorining Yalang‘och shoxobchasi
M.Ulug‘bek tumani, Yalang‘och ko’chasi
0,26
1 844
15
Navro‘z dehqon bozorining Qorasuv 2 shoxobchasi
M.Ulug‘bek tumani, Mingbuloq ko‘chasi
0,11
443
16
Navro‘z dehqon bozorining Avayhon shoxobchasi
M.Ulug‘bek tumani, Qorasuv-6 Semashko ko‘chasi
0,01
120
17
Navro‘z dehqon bozorining Navro‘z shoxobchasi
M.Ulug‘bek tumani, Shukur Burhonov, 24-uy
0,19
788
18
Navro‘z dehqon bozorining Ulug‘bek shoxobchasi
M.Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasi
0,05
431
19
Navro‘z dehqon bozorining Shirin shoxobchasi
M.Ulug‘bek tumani, TTZ-2 Ahillik ko‘chasi
0,41
2 444
20
Yunusobod dehqon bozorining Ahmad Donish shoxobchasi
Yunusobod tumani, 13-mavze, Ahmad Donish ko‘chasi
0,55
2 681
21
Yunusobod dehqon bozorining Tashgres shoxobchasi
Yunusobod tumani, Tashgres mavze, Temur Malik ko‘chasi, 6-uy
0,01
72
22
Sergeli dehqon bozorining Sergeli-7 shoxobchasi
Sergeli tumani, Sergeli-7 mavzesi, M.Tursunzoda ko‘chasi
0,02
236
23
Sergeli dehqon bozorining Sergeli-1 shoxobchasi
Sergeli tumani, Sergeli-1 mavzesi, Qipchoq ko‘chasi
0,03
342
24
Sergeli dehqon bozorining Qo’yliq-5 shoxobchasi
Sergeli tumani, Qo‘yliq-5 mavzesi, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi
0,08
553
25
Sergeli dehqon bozorining Qo‘yliq-6 shoxobchasi
Sergeli tumani, Qo‘yliq-6 mavzesi
0,03
196
26
Sergeli dehqon bozorining Quruvchilar shoxobchasi
Sergeli tumani, Quruvchilar mavzesi
0,02
206
27
Sergeli dehqon bozorining Erkin shoxobchasi
Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi
0,001
19
28
Qora-qamish dehqon bozorining Chig‘atoy shoxobchasi
Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi
0,09
57
29
Qora-qamish dehqon bozorining Chuqursoy shoxobchasi
Olmazor tumani, Gulsaroy ko‘chasi
0,12
246
30
Qora-qamish dehqon bozorining Shifokorlar shoxobchasi
Olmazor tumani, Kamarniso ko‘chasi
0,39
1 196
31
Qora-qamish dehqon bozorining Xonaki qushlar va akvarium baliqlari shoxobchasi
Olmazor tumani, Qora Qamish ko‘chasi, 1/20-uy
0,74
2 999
32
Qora-qamish dehqon bozorining Yoshlik shoxobchasi
Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasi
0,11
403
33
Yangiobod ixtisoslashgan bozoriga qarashli shoxobcha
Yashnobod tumani, Katta Yangiobod ko‘chasi, 1-uy
0,05
406
34
Chilonzor buyum savdo kompleksiga qarashli Bek-to‘pi avtoturargohi
Chilonzor tumani, THAY, Bek to‘pi savdo kompleksi yonida
0,48
264
35
Beshqo‘rg‘on savdo
Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 63-uy
2,16
11 383

Avvalroq Spot Sergeli avtomobil bozori raqamlashtirilganidan keyin daromadlar 28 mlrd so‘mdan 31,3 mlrd so‘mga yetgani haqida yozgan edi. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 100 mlrd so‘mga yetkazish rejalashtirilmoqda.