Prezidentning “Toshkent shahrini 2026−2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz portalida eʼlon qilindi.
Hujjat bilan poytaxtni 2026−2027-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari belgilandi.
Jumladan, joriy yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 11,7% ga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,5% ga oshiriladi.
Shuningdek, bozor xizmatlari hajmi 19% ga, qurilish ishlari hajmi 17,3% ga o‘sishi taʼminlanadi.
2026-yilda $9 mlrd, 2027-yil yakunigacha $10 mlrd miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.
Tarixiy, madaniy va ko‘ngilochar obyektlarni tashkil etish orqali turistlar oqimi ko‘paytiriladi.
Toshkentni rivojlantirish strategiyasi, dasturlari va ularning “yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish uchun xalqaro konsalting kompaniyalari hamda ekspertlar jalb etiladi.
Ularning xizmatlari Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, “taklif so‘rovi” asosida moliyalashtiriladi.
Spot, avvalroq, Toshkentda $1 mlrdga ikki qavatli halqa pulli yo‘li qurilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.