Joriy yilning 13-avgust kuni IT Park‘da IT kompaniyalarning vakillari uchun “IT park‘da rezidentlik” mavzusida bepul onlayn seminar o‘tkazadi. Unda IT park rezidentlari safiga qo‘shilish yo‘llari va rezidentlik afzalliklari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Vebinarning asosiy spikeri IT Park rezidentlarini ro‘yxatga olish va monitoring bo‘limi boshlig‘i Lazizbek Xudayev bo‘ladi.

Vebinarda siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • Qanaqa kompaniyalar IT Park rezidenti bo‘lishlari mumkin;
  • IT Park rezidentlarining afzalliklari nimada;
  • Qanday qilib IT Park rezidenti bo‘lish mumkin;
  • Rezidentlarga qanday talablar mavjud;
  • Ofisni ijaraga olishga imkoniyat bormi va boshqalar.

Bundan tashqari, vebinarda ishtirok etayotgan kompaniyalar IT park’da rezidentlikga oid barcha savollarini berishlari mumkin.

Muhim! Webinar 13-avgust kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi va o‘zbek hamda rus tillarida olib boriladi.Havola orqali va ro‘yxatdan o‘ting.