Hyatt Regency Tashkent, Premier Hall, “Algoritm”, “Chotqol” va Matbuot uyi auksionga qoʻyiladi

Bu davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish sifatida amalga oshirilmoqda.


Beldersoy oromgohi va sport bazasi ommaviy savdolarga chiqariladi

Oromgoh va Kanat yoʻli bitta lot sifatida savdoga chiqariladi. Asosiy shart mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi obyektini barpo etish.


Toshkentdagi savdo va maishiy kompleks 8 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

Lot 2021-yilda qurilgan, 2 qavat bino va 7 ta xonadan iborat.


Kia Oʻzbekistonda yangi ikkita model sotuvini boshladi

Stinger va Carnival modellari sotuvini boshladi. Bungacha Seltos, K5, Sorento va Soul modellari sotuvga chiqarilgandi.


Netflix tarixi: disklarni ijaraga beruvchi kichik xizmatning katta oqimli media-provayderga aylanishi

Spot Netflix kompaniyasiga asos solinish tarixi va muvaffaqiyat yoʻli haqida qiziqarli maʼlumotlarni tayyorladi.



Boshqa yangiliklar:

  1. Bloomberg: AQSh 2030-yilga qadar elektromobillar sotuvini 40 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu loyihani amalga oshirish uchun Vashingtondan quvvatlovchi infratuzilmani joriy etishda milliard dollarlik investitsiyalar talab qilinadi.
  2. “Audi” kompaniyasi magistrlik dasturini e’lon qildi. Dasturning mohiyati shundan iboratki, stipendiya egasi tanlangan universitetda tahsil oladi va parallel ravishda “Audi"da turli vazifalarni bajarib amaliyot o’taydi.
  3. Ikki yillik tanaffusdan so’ng AQShda davlat qarzi miqdori bo’yicha cheklov kuchga kirdi. Bu cheklov hukumatni Kongress ruxsatisiz ortiqcha qarz olmasligini ko’zda tutadi.
  4. Zoom foydalanuvchilarga $85 mln kompensatsiya toʻlaydi. Platforma pulli obuna egalariga $25, obuna tufayli sudga murojaat qila olmaganlarga $15 toʻlaydi.
  5. Amazon aksiyalari 3 oylik moliyaviy barqarorlikdan keyin yana tushib ketdi. Hammasi II chorak boʻyicha moliyaviy hisobotlar ochiqlangandan keyin boshlandi.
  6. Spotify nisbatan arzonroq bo’lgan obuna versiyasini sinovdan o’tkazmoqda. Bu reklamalar mavjud, ammo tinglashda hech qanday cheklovlar bo’lmagan Spotify Plus obunasidir.
  7. Google oʻzining chiplari asosida smartfon ishlab chiqaradi. Google shu paytga qadar Qualcomm chiplaridan foydalanib kelardi.
  8. Mayami shahri o’zining kriptovalyutasini muomalaga chiqaradi. Investorlar tokenlarni sotib olish orqali o’z mablag’larini ko’paytirishlari mumkin.
  9. WhatsApp’da yangi funksiya paydo bo’ladi. Endilikda jo’natilgan foto va videolar telefon xotirasidan joy egallamasdan, ko’rilgach esa o’chib ketadi.
  10. “Vkontakte” Zoom’ning bepul versiyasini taqdim etadi. Bu ilovaning kompyuterlar uchun mo’ljallangan talqini bo’lib, muloqot vaqti chegaralanmaydi.