Google Pixel 6 va Pixel 6 Pro-ni kuzda namoyish etmoqchi. Kompaniya qurilmalarning tafsilotlari va texnik xususiyatlarini oʻshanda oshkor qilishga vaʼda berdi.

Biroq qurilmalar haqida insayderlarning bir qancha maʼlumotlari bor. Pixel 6 Pro 6,7 dyuymli 120 gigagertsli ekranga, orqa tomonda uchta kameraga ega boʻladi. Pixel 6 esa 6,4 dyuymli 90 gigagertsli tekis ekran bilan jihozlanadi.

Google shu paytga qadar Qualcomm chiplaridan foydalanib kelardi. CNBC maʼlumotlariga koʻra, kompaniya Tensor chipi orqali ayrim vazifalarni tezlashtiradi, masalan rasm va videolarni qayta ishlashni yaxshilaydi. Maʼlumotni qayta ishlash smartfonda amalga oshiriladi va “bulut"ga yuborilmaydi.

Google ham xuddi Apple kabi Arm arxitekturasidan foydalanadi. Bu usulni avvalroq 2020 yilda Apple Mac-ni Intel-dan chiqarib, oʻz chiplariga oʻtkazish orqali boshlab bergandi.

Avvalroq Spot Huawei-ning super kamera bilan jihozlangan yangi smartfonlari haqida yozgan edi.