Shvetsiya musiqaviy xizmati hisoblangan Spotify yangi nisbatan arzonroq obuna versiyasini sinovdan o’tkazmoqda.

Bu reklamalar mavjud, ammo tinglashda hech qanday cheklovlar bo’lmagan Spotify Plus obunasidir. obunani ommalashtirish hali rejada mavjud emas.

The Verge ta’kidlashicha, bu Spotify Premium va bepul talqinning aralashuvidir.

Obuna narxi oyiga $0,99 ni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: Spotify fevral oyining so’ngida O’zbekistonga kirib kelgan edi. Kompaniya 2006-yildan buyon hozirgi kungacha 120 ta davlat bozoriga kirib borgan. Uning katalogida 50 mlndan ortiq qo’shiq bor va o’zining maxsus maslahat tizimi bilan ajralib turadi.