Bloomberg-ning yozishicha, foydalanuvchilar Zoom maʼlumotlarni Facebook-ka uzatadi degan shubhaga borishgan.

Bundan tashqari, suhbatlarni xakerlik hujumlaridan yetarli darajada himoyalanmagan va maʼlumotlarni shifrlash haqida notoʻgʻri maʼlumotlar berib borilgan.

Kelishuv bitimiga koʻra, Zoom pulli obuna egalariga $25, obuna tufayli sudga murojaat qila olmaganlarga $15 toʻlashga rozi boʻldi.

Kompensatsiyaning umumiy miqdori $85 mln ni tashkil etadi.