Mayami shahri bugun, 4-avgust kuni o’zining MiamiCoin kriptovalyutasini muomalaga chiqaradi. Bu haqda manbalarga asoslanib, Inc Russia nashri xabar beradi.

Mayami shahri ma’muriyati uchun texnik hamkor “Stacks” kompaniyasi bo’ladi. MiamiCoin birinchi CityCoin bo’lishi aytilmoqda. Bu loyiha shaharlarga o’z kriptovalyutasi orqali g’aznaga investitsiya jalb qilish imkonini beradi.

To’plangan pullarning barchasi infratuzilmalarni moliyalashtirish va shaharsozlik loyihalarini jadallashtirishga sarflanadi.

Sarmoyadorlar bitkoinlarda pul tikish (Staking) orqali mukofotlanadi. Bu passiv daromad usulining nomi, bunda foydalanuvchilar tangalarni Proof of Stake (PoS) algoritmida saqlaydi va blokcheynning ishlashini ta’minlaydi.

Mayami shahri meri Frensis Suares shaharni texnologiyalarni rivojlantirish va kripto startaplari markaziga aylantirmoqchi ekanini aytdi va hatto xitoylik konchilarni taklif qildi. Suares Fox Business -ga bergan intervyusida Mayami MiamiCoin -dan “millionlab dollar” ishlab olishi mumkinligini aytdi.

CityCoin xabar berishicha, MiamiCoin 4 -avgustda “belgilangan ishonchli birjalarda” savdoni boshlaydi.