Facebook ijtimoiy tarmog’i asosiy ilovada ovozli va video qo’ng’iroqlarni sinovdan o’tkazmoqda, deb xabar beradi Incrussia. 2011-yildan beri bu xususiyatlar faqat mustaqil Messenger ilovasida mavjud edi. Sinovlar bir qancha mamlakatlarda, shu jumladan AQShda o’tkazildi.

Ovozli va video qo’ng’iroqlar — bu boshqa Facebook mahsulotlarida (fb lite) mavjud bo’lgan Messengerning bir nechta xususiyatlaridan hisoblanadi. Kompaniya Messengerning boshqa funksiyalarini asosiy ilovaga qaytarishni rejalashtirayotgani haqidafikr bildirmagan.

Ovozli va video qo’ng’iroqlarni sinovdan o’tkazishda qancha foydalanuvchilar ishtirok etishi va bu kelgusida mustaqil Messenger ilovasi uchun nimani anglatishi haqida ma’lumot ochiqlanmagan.

Avvalroq Spot, Facebook o’zining meta dunyosini yaratish loyihasi doirasida Horizon Workrooms ilovasining beta versiyasini taqdim etganligi haqida xabar bergan edi.

Uchrashuvga video havola orqali kirishni tanlagan ishtirokchilar virtual xonada haqiqiy konferens-zalda bo’lgani kabi paydo bo’ladi. VR formatidagi bitta konferentsiyada maksimal 16 kishi va video havola orqali 50 kishigacha qatnashishi mumkin.