Facebook o’zining meta dunyosini yaratish loyihasi doirasida Horizon Workrooms ilovasining beta versiyasini taqdim etdi.

Ilova xodimlarga virtual ofislarda birga ishlash imkonini yaratadi.

“Workrooms — bu uchrashuvlar uchun virtual makon hisoblanib, kompaniya xodimlari va hamkasblar istalgan nuqtadan turib birga ishlay olishmari mumkin bo’ladi. Foydalanuvchi o’z avatariya ega bo’ladi va ilova yordamida VR ga qo’ng’iroq qilishi mumkin bo’ladi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuvga video havola orqali kirishni tanlagan ishtirokchilar virtual xonada haqiqiy konferens -zalda bo’lgani kabi paydo bo’ladi. VR formatidagi bitta konferentsiyada maksimal 16 kishi va video havola orqali 50 kishigacha qatnashishi mumkin.

Virtual ofisda siz jamoaning barcha a’zolari fikr almashishi mumkin bo’lgan virtual doskadan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar kompyuter va klaviaturani virtual reallikka o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Hozirda ilovaning beta versiyasini yuklab olish bepul.