Omonatni ochayotgan bankni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak: shartlar va eng daromadli bank omonatlari haqida

Spot O‘zbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini o‘rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.


Shavkat Mirziyoyev soliq sohasida yuz berishi kutilayotgan o’zgarishlarni sanab o’tdi. Eng muhimlari

Mol-mulk solig‘i va QQS stavkasi kamaytirilishi, yagona ko’chmas mulk solig’i va boshqalar haqida.


Markaziy bank kelgusida inflyatsiya darajasi ortishining asosiy xatarlarini sanab o’tdi

Bazaviy inflyatsiya darajasining kelgusida yanada barqaror pasayishi, eng avvalo, ichki iste’mol bozorida taklif hajmlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va raqobat muhitini yaxshilash borasida ko‘riladigan choralar samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Carrefour O’zbekistonda o’zining birinchi gipermarketini ochadi. Bu Toshkentdagi Compass ko’ngilochar savdo markazi hududida bo’ladi.
  2. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash yagona portal orqali mumkin bo’ladi. Yagona portal orqali murojaat etilganda yig’im miqdori 24 300 so’mni tashkil etadi. Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.
  3. O’zbekistonda tabiiy monopoliya subyektlari ro’yxati o’zgardi. 1-sentyabr holatiga ko’ra, reyestrda ularning soni 129 tani tashkil etmoqda.
  4. O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi $21,8 milliardga yetdi. Davlat ichki qarzi qoldigʻi esa $2,4 mlrd yoki YaIMga nisbatan 3,8% ni tashkil etdi.
  5. Oʻzbekistonda elektron viza berish vaqtincha toʻxtatildi. Bunga tizimidagi profilaktika ishlari sabab sifatida koʻrsatilgan.
  6. “Qatar Airways” Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshiradi. “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan aviakompaniyaga “Doha — Toshkent — Doha” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
  7. QQS 12 foizga tushiriladi — Shavkat Mirziyoyev. Bundan tashqari, 2023-yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona koʻchmas mulk soligʻi joriy qilinadi.
  8. “Yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Shu bilan birga, mamlakatimizda kelgusi besh yilda quvvati 5 ming megavattdan ortiq bo‘lgan shamol, quyosh va gidro-elektrostansiyalar ishga tushiriladi.
  9. Talabalarni ijaraga qoʻyganlar daromad soligʻidan ozod etilishi mumkin. Talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi.
  10. Toshkent yogʻ-moy kombinatining bir qismi auksionda sotildi. Auksionda qatnashgan yagona ishtirokchi gʻolib boʻldi.