“E-ijro Auksion” platformasida Toshkent yogʻ-moy kombinatining bir qismi boʻyicha savdo yakunlandi.

Gʻolib yagona ishtirokchi — Blossom Investment kompaniyasi boʻldi. Boshlangʻich bahosi 25 mlrd soʻm boʻlgan lotga 22,5 milliard soʻm taklif qilindi. Auksion narx pasayish usulida oʻtkazildi.

Mazkur lot boʻyicha oldingi auksion 13-avgustda boʻlib oʻtgan. Keyin Blossom Investment-ga yagona ishtirokchi sifatida lotni baholangan narxda sotib olish taklif qilindi. Biroq toʻlov bilan bogʻliq muammo yuzaga keldi va zavodning bir qismi yana kim oshdi savdosiga qoʻyildi.

Xususiylashtirish

Ayni paytda zavod xususiylashtirilmoqda. Iyul oyi boshida korxonaning nazorat paketi 107,4 mlrd soʻmga sotuvga qoʻyilgandi.

Bu 4 436 581 ta oddiy aksiyalarning davlat ulushi boʻlib, kompaniyaning 56% ni tashkil qiladi. Bir aksiyaning nominal qiymati 1750 soʻm (boshlangʻich narx 24 225 soʻm).