Buyuk Britaniyada sudyalarga sun’iy intellektdan foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Dastur doirasida sun’iy intellekt yordamchilari sudyalar va huquqshunoslarga ish materiallari bilan ishlashda va kundalik vazifalarni bajarishda yordam beradi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, yangi vositalar huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish, hujjatlarni tahlil qilish va ish ro‘yxatlarini ko‘rib chiqishga tayyorlash uchun qo‘llanilishi mumkin.
Yechimlar Buyuk Britaniya huquqshunoslari va sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.
Rasmiylar texnologiyaning joriy etilishi Qirollik sudining samaradorligini oshiradi va sud jarayonlarini kutish vaqtini qisqartirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Dastlabki bosqichda sun’iy intellekt tizimlari nazorat qilinadigan sharoitlarda sinovdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng loyihani yanada kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Sudyalar, shuningdek, tinglovga tayyor ishlarni tanlash va o‘xshash jarayonlarni birlashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari va lord-kansleri Devid Lammining so‘zlariga ko‘ra, ko‘p mehnat talab qiladigan operatsiyalarni avtomatlashtirish sud tizimi xodimlarining yukini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Adliya vazirligining ta’kidlashicha, 2019-yildan buyon mamlakat sudlarida ko‘rilmagan ishlar soni ikki baravar ko‘payib, 80 mingdan oshgan.
Shu bilan birga, hukumat AI Growth Labs — yuridik sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va xavfsiz joriy etish uchun maxsus platformalar yaratilishini e’lon qildi.
Avvalroq Spot Texas prokuraturasi WhatsApp’ni maxfiylik haqidagi yolg‘onlari uchun sudga bergani haqida yozgandi.
Da’vo arizasida aytilishicha, kompaniya xodimlari foydalanuvchilarning “deyarli barcha” shaxsiy xabarlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.