Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekistonda 2021-yilning 1-sentyabr holatiga bo’yicha 129 ta tabiiy monopoliya subyekti mavjud.

2020-yil bilan taqqoslaganda mamlakatdagi tabiiy monopoliya subyektlari soni ikkitaga kamaydi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 131 ta tabiiy monopoliya subyekti qayd qilingan edi.

Tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik xususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.

Ro’yxatga muvofiq, “Toshkent don mahsulotlari” va “Qo'qon issiqlik energo” chiqarib tashlangan. Elektr energiya yetkazib berish xizmatini amalga oshiradigan Steel Property Construction esa ro’yxatga qo’shilgan.