Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarda O‘zbekistonda 2020-yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, 131 ta tabiiy monopoliya subyekti mavjud.

2019-yil bilan taqqoslaganda mamlakatdagi tabiiy monopoliya subyektlari soni oltitaga kamaydi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 137 ta tabiiy monopoliya subyekti qayd qilingandi.

Tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik xususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.

Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha quyidagi subyektlar suv taʼminoti xizmatlarini koʻrsatmayotganligi sababli davlat reyestridan chiqarilgan:

  • “Tuyamuyun-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK;
  • “Tuyamuyun-Urgench mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK;
  • “Toshkent viloyati Chimgan-Chorbog” rekratsion hududiy mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi" DUK.

Hisobot davri davomida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibiga “Jizzah suv ta’minoti” AJ va “Jarqo'rg'onneftnikaytaishlash” QK kiritilgani qayd etildi,shuningdek oltita aeroport “Uzbekistan Airports” AJ tizimiga o’tkazilgani tufayli korxonalar faoliyati yuzasidan oʻrganishlar olib borilib, reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

Davlat reestriga kiritilgan subyektlar ro’yxati:

  • “Chimgan-Chorbogʻ suv taʼminoti” MCHJ;
  • “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK;
  • Navoiy viloyatidagi “Issiqlik manbai” DUK;
  • Toshkent viloyatidagi “Ammafos-Maxam” AJ;
  • “Toshpoʻlat obihayot ichimlik suvi” MCHJ;
  • “Yangiobod shirin suv” MCHJ;
  • “Begmatboy-Gʻaniboy zilol suv” MCHJ;
  • “Toshkent devor panellari zavodi” MCHJ;
  • “City Builduing Sales” MCHJ.

2020-yil yozida tabiiy monopoliyalar sonida keskin ko’tarilish kuzatilgan edi.