9-senyabr kuni Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdi bo‘lib o‘tdi.

Unda Shavkat Mirziyoev Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qilgan ma’ruzasi davomida 2026-yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida quyidagilarni ta’kidladi:

  • Tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytirish, soliq turlari va uning yukini kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlarimizni izchil davom ettiriladi.
  • 2020-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirgan edik. Endi, zarur tayyorgarlik ishlarini ko‘rgan holda 2023 yildan boshlab ushbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushiriladi.
  • Kelgusi yili korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytiriladi.
  • 2023-yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona ko‘chmas mulk solig‘i joriy qilinadi.
  • Hozirgi vaqtda bank, moliya, telekommunikasiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi har xil bo‘lib, ular amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir xil bo‘ladi.

Shuningdek, tuman va shaharlardagi mavjud bir nechta tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi.