Kibersport ishqibozlari — CS:GO va Dota2 kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Steelseries Frag Season 7” kibersport xalqaro turniri o’tkaziladi.

Turnir tashkilotchilari va hamkorlari: Frag.uz, IT Park, SteelSeries, Aorus va G-Shop.

Turnir 1-noyabrda boshlanadi va 2021-yil 21- noyabrgacha davom etadi.

Mukofot jamg‘armasi — 4 000 AQSH dоllarini tashkil etadi. G‘oliblar Markaziy Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘lishadi.

Ro‘yxatdan o’tish quyidagi havola orqali.