“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ-725-son, 25.10.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, 2021-yil 10-oktyabrdan 31-dekabrgacha boʻlgan davrda goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni Oʻzbekistonga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.