Oʻzbekistonda 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi

Spot 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.



Facebook kompaniyasi oʻz nomini Meta-ga oʻzgartirdi

Kompaniya oʻzini ijtimoiy tarmoq bilan emas, balki “metaolam” bilan bogʻlamoqchi.



Captiva, Damas, Labo arzonlashdi, Spark, Lacetti, Malibu-ning narxi koʻtarildi: Ikkilamchi avtomobil bozorida bir yil ichida narxlar qanday oʻzgargan

2019-yilda chiqarilgan ikkinchi pozitsiyadagi Chevrolet Cobalt 2020-yilda $9,6 mingga taklif qilingan boʻlsa, 2021-yilda bu taklif narxi $10,2 mingga yetgan.



Microsoft dunyoning eng boy kompaniyasiga aylandi

Microsoft bu maqomni Apple-dan tortib oldi.



Biznes gʻoya: kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish

Spot “Biznes gʻoya” rukni ostida oʻz daromadli faoliyatini boshlamoqchi boʻlganlar uchun zamonaviy biznes gʻoyalarni berib bormoqda.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Instagram foydalanuvchilar uchun yangi funksiya joriy etdi. Endilikda stories-ga barcha foydalanuvchilar havola biriktirishlari mumkin boʻldi.
  2. Goʻsht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilinadi. O’zgarishlar 2021-yilning 10-oktyabridan 31- dekabrigacha amal qiladi.
  3. Ilon Mask AQSh hukumatining “milliarderga soliq” loyihasini tanqid qildi. Siyosatchilarning fikricha, boylarning yordami bilan ijtimoiy xarajatlarni qoplashlari mumkin.
  4. Nukuslik yoshlar uchun bepul inkubatsiya dasturi yo’lga qo’yiladi. Dastur ikki oy davom etadi.Istiqbolli loyihalar startapni amalga oshirish uchun mablag' oladi.
  5. Xitoyda uchar avtomobil ishlab chiqarildi. Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni tashkil etadi. Mashina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.
  6. Oʻzbekistonda sentyabr oyida elektromobillar xaridi uchun $1,3 mln sarflandi. Bu koʻrsatkich 2021-yilning avgust oyiga nisbatan 12 taga kam.
  7. AQSh kompaniyasi 100 mingta Tesla elektromobili sotib oladi. Kelishuvga koʻra, elektromobillar 2022-yil oxirigacha yetkazib berilishi kerak.
  8. Facebook-ning faol foydalanuvchilari soni 2 milliardga yaqinlashdi. Kompaniyaning 3-chorakdagi sof foydasi $9,19 mlrd ni tashkil etdi.
  9. Xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazilganda kompensatsiya beriladi. Qarorga ko’ra, 2021-yil 1-noyabrdan Oʻzbekiston nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam boʻlmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.
  10. Telegram reklama platformasini ishga tushiradi. Reklama qilish narxi minimal 1000 marta uchun 2 yevroni tashkil etadi.
  11. Toshkentdagi restoran 42,75 mlrd soʻmga auksionga qoʻyildi. Lot yertoʻla, 2 qavat bino va 92 ta xonadan iborat.
  12. “General Motors"ning daromadi 40 foizga qisqardi. Bunday salbiy natijalarga hozirda dunyoda kuzatilayotgan mikrochiplar taqchilligi sabab boʻlmoqda.
  13. Temir yo’l orqali mahsulot import qiluvchilarga 25% lik chegirma beriladi. O’zgarishlar joriy yilning 1- noyabridan amal qiladi.
  14. Ilon Maskning boyligi toʻrt kun ichida 50 mlrd dollarga koʻpaydi. Yil boshidan buyon biznesmenning boyligi 132 mlrd dollarga koʻpaygan.
  15. UzAutoMotors oktyabr-noyabr oylarida avtomobil kutayotgan xaridorlarga e’lon bilan murojaat qildi. Unga ko’ra, Chevrolet Lacetti va Chevrolet Labo avtomobillarini yetkazib berish 2 oyga uzaytirildi. Bunga sabab global yarimo’tkazgichlar yetishmasligidir.