Nukus yoshlari, bepul inkubatsiya dasturida qatnashish uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda IT Park’ning telegramdagi kanalida xabar beriladi.

Ariza topshirgandan soʻng ishtirokchilar oʻz startap gʻoyalarini ishlab chiqishlari va uni muvaffaqiyatli ishga tushirishga tayyorlashlari mumkin.

Dastur 2 oy davom etadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • mentor yordami;
  • tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;
  • tanlovlar;
  • investorlarni jalb qilish uchun taqdimotga tayyorgarlik.

Istiqbolli loyihalar startapni amalga oshirish uchun mablagʻ oladi.

Roʻyxatdan oʻtish yakuniy sanasi: 11-noyabr

Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/a2ZDLvCmHAQaY8VP8

Dastur IT Park tomonidan TATU Nukus filiali va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etilgan.