Yunusobod tumanida joylashgan bino auksionga qoʻyildi. Lot 2007-yilda qurilgan, yertoʻla, 2 qavat bino va 14 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 456.97 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ega.

Lotning boshlangʻich narxi 5,5 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 21-dekabriga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 23-dekabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Xabarda izoh qoldirilishicha, auksion natijalariga koʻra, “zaklat” pul miqdorini yaʼni 5%ini chegirgan xolda qolgan pul mablagʻini sotuvchining oʻziga toʻlab berish imkoniyati mavjud. Mulkni sotilish bahosini 50% toʻlov avvaldan amalga oshiradi qolgan 50% toʻlovini 24 oy mobaynida toʻlash sharti mavjud.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.