Uzbekistan Airways 2021-yilni 45,06 mlrd soʻm foyda bilan yakunladi, deyiladi kompaniya moliyaviy natijalari boʻyicha eʼlon qilgan hisobotida.

Aviatashuvchining yil davomidagi daromadi 6,3 trln soʻmni, yalpi foydasi 1,4 trln soʻmni, asosiy faoliyatdan olingan foyda 1,1 trln soʻmni tashkil etdi. Korxona oʻz aktivlarini ham oshirishga muvaffaq boʻldi, yil yakuniga koʻra — 20,2 trln soʻm.

Shunday qilib, kompaniya 755,7 mlrd soʻm zarar bilan yakunlangan 2020-yilgi pandemiya yiliga nisbatan uning daromadi qariyb ikki baravar oshdi.

Biroq sof foyda boʻyicha sotishdan olingan daromad faqat 0,7% ni tashkil qiladi. Yaʼni, har 1000 soʻmdan aviakompaniya atigi 7 soʻm foyda olgan. Oʻtgan yili asosiy xarajatlar daromadning 77,2% ini (4,8 trln) tashkil etdi, oʻtgan yilgi koʻrsatkich — 83,42% (2,78 trln).

Uzbekistan Airways 2019-yilda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” boʻlinishi natijasida tashkil etilgan. Oʻsha yilning oktyabr oyida Uzbekistan Airports yopiq obuna boʻyicha 78,1 mlrd lik kelishuv amalga oshgani haqida xabar bergandi. Aytish joiz, kompaniya 2019-yilni 4,3 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagandi.

Uzbekistan Airways 2020-yilning birinchi yarmida 767,7 mlrd soʻm zarar koʻrganini maʼlum qilgan boʻlsa, yil yakuniga koʻra bu koʻrsatkich 755,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Shu bilan birga, kompaniya oʻz aktivlari va oʻz kapitalini izchil oshirmoqda.

2021-yil avgust oyida esa kompaniya Uzbekistan Airways Express loukosterini ishga tushirdi. Aynan u uchun toʻrtta Airbus A320 samolyotining biznes-klassidagi oʻrindiqlarni olib tashlab, “toʻliq iqtisod klass"iga oʻzgartirildi va shu bilan chiptalar narxini pasaytirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Spot Uzbekistan Airways uzoq masofaga uchish uchun moʻljallangan yangi Airbus A321LR samolyotiga ega boʻlgani haqida yozgan edi.