“Uzbekistan Airways” AJ ikki yildan so‘ng Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklanayotgani haqida ma’lum qiladi.

Shaharga parvozlar 2022-yil 29-apreldan boshlab 10-iyungacha, shuningdek 26-avgustdan 28 oktyabrgacha haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent — Parij yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 4 038 862 so‘mdan (bagajsiz) va 4 777 879 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 582 047 so‘mdan (bagajsiz) va 8 772 182 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.