“Toshkent shahar ETK” matbuot xizmati xabariga koʻra, 23-iyun kuni soat 7:00 dan soat 20:00 ga qadar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan podstansiyalarni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmogʻida yangi tayanch ustunlarni oʻrnatish ishlari olib boriladi.

Yashnobod tumani — “Texnopark” MChJ, “Shampan-vino” zavodi, “Kalisto” XF, ATS-169, “Parkent” bozori, “Al-Xorazmiy” maktabi, “Oʻzdonmahsulot” MChJ Doka-xleb, Kotelnaya ToshmI, Tuzel-1 Nasosnaya, Kar-soqovlar maktab-internati, tuman jinoyat sudi, Qon quyish instituti, Diagnostika markazi, Botkina koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish obektlari, Eron elchixonasi, TashkECh, 510-, 359-, 529- hamda 149-sonli MTM, shuningdek, “Makro”, “Texnopark” va “Korzinka” savdo markazlari;

“Riyoziy” mavzesi, M. Ulugʻbek, Oltintepa, S. Mashhadiy koʻchalari, 22-sonli Harbiylar shaharchasi, S. Rozina, Parkent — 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-tor koʻchalari, “Tashselmash” mavzesi, Chizelniy mavzesi, Tuzel-1 dahasi hamda koʻchalari;

“Doʻstlik” MFY, “Mashinasozlar” MFY, “Doʻstobod” MFY, “Boyqoʻrgʻon” MFY, “Umid” MFY, “Choʻlpon” MFY, “Istiqlol” MFY, “Fidoyilar” MFY, “Semurgʻ” MFY hamda “A. Temur” MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik subʼyektlari;

Mirzo Ulugʻbek tumani — Shifokorlar malakasini oshirish instituti yotoqxonasi, “Parkent” mavzesi, Quduqboshi, Oltintepa, Asaka, Boʻzbozor, Xirmontepa koʻchalari hamda 493-, 456-, 410- hamda 597-sonli MTM va 148-sonli maktab, shuningdek, tadbirkorlik subʼyektlari;

“Turon” MFY, “Olmachi” MFY, “Yangi olmachi” MFY, “Asaka” MFY, “Podshobogʻ” MFY, “Oltintepa” MFY hamda “Katta Oltintepa” MFYda elektr energiyasi soat 07:00 dan 20:00 qadar vaqtinchalik oʻchiriladi.

Mavzuga doir: Oʻzbekistonda besh oyda 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi — Energetika vazirligi.