Oʻzbekiston joriy yilning birinchi yarmida Rossiya yog‘och mahsulotlarining asosiy mijozlaridan biriga aylandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Mamlakat 976 ming metr kubdan ortiq mahsulot xarid qilib, eksport hajmi bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

Jami buyurtmaning qariyb yarmi Xitoydan kelib tushgan bo‘lib, u 6,5 million metr kubdan ortiq mahsulot xarid qilgan.

Asosiy xaridor bo‘lgan mamlakatlarda talabning 8%ga oshishi Rossiya yog‘och eksporti hajmini 3,4%ga oshirib, 13,4 mln metr kubga yetkazishiga sabab bo‘ldi.

Shu jumladan, Singapur ham xaridlar bo‘yicha yetakchilardan biriga aylandi, u ilgari yirik importchilar o‘nligiga ham kirmas edi.

Biroq, Yevropa va AQSh o‘z xaridlarini deyarli 7%ga qisqartirdi.

10-iyuldan boshlab yog‘och mahsulotlari Yevropa sanksiyalari ostida qoldi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, kesilgan yog‘och eksporti hajmining o‘sishi iyul oyidayoq tugaydi.

Ilgari “Spot” Irkutsk Oʻzbekistonga laboratoriya jihozlarini eksport qilishi haqida xabar bergandi.