Kelgusi yilda Samsung flagman smartfonlari qatoriga 6,47 dyuymli OLED displeyli Galaxy S27 Pro qo‘shiladi. Bu haqda Janubiy Koreyaning ETNews nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, yangilik Galaxy S27 ning asosiy va Plus-versiyasi o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi.

Joriy liniyada Samsung Galaxy S26 bazaviy modeli 6,3 dyuymli ekran bilan jihozlangan, Galaxy S26 Plus esa 6,7 dyuymli ekran bilan jihozlangan.

Samsung Pro pristavkali modelni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida ETNews aprel oyida xabar bergan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma bir qator xususiyatlari bo‘yicha liniyaning Ultra versiyasiga yaqin bo‘ladi.

Smartfon yangi avlod Snapdragon flagman protsessori, shuningdek, bazaviy Galaxy S27 bilan solishtirganda yaxshilangan kamera tizimi bilan jihozlanadi.

Shu bilan birga, model an’anaviy ravishda Ultra segmentining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib qolayotgan S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlamasligi aytilmoqda.

Insayderlar Galaxy S26 seriyasida Pro versiyasi chiqishini allaqachon bashorat qilishgan edi, ammo bu sodir bo‘lmadi.

Samsung Galaxy S27 seriyasining taqdimoti 2027-yilning birinchi yarmida kutilmoqda.


Avvalroq Spot Samsung Galaxy Z Flip smartfonlar qatorini yopayotgani haiqda yozgandi.

Galaxy Z Flip seriyasidan voz kechilishi ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.