Grand Theft Auto (GTA) oʻyinining oltinchi seriyasi haqida dastlabki maʼlumotlar paydo boʻldi. “Bloomberg"ning yozishicha, oʻyinning bosh qahramoni birinchi marta ayol kishi boʻladi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, bosh qahramonning sherigi boʻladi va ularning hikoyasi qaroqchilar Bonni va Klaydning tarjimai holiga oʻxshaydi. Oʻyin Mayami shahrining hayoliy versiyasida boʻlib oʻtadi, ammo Rockstar ishlab chiquvchilari oʻyinni yangi missiyalar va joylar bilan doimiy ravishda yangilashni rejalashtirmoqda.

Bloomberg bilan suhbatlashgan manbalar kompaniya oʻyinni qachon rasman chiqarishni rejalashtirayotganini bilishmaydi. Ularning fikricha, u kamida ikki yil ichida chiqarilishi mumkin.

Avvalroq “Spot” “Doktor Strenj” 2022-yilning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylangani haqida yozgan edi.